Usmonlilar imperiyasidagi yahudiylar tarixi

Usmonlilar imperiyasidagi yahudiylar tarixi — Usmonlilar imperiyasida istiqomat qilgan yahudiy xalqlarining tarixi. Tarix bilan yaqindan qiziqmaydigan odamlar koʻpincha ikkita notoʻgʻri fikr bilan kifoyalanadilar:[1]

  1. Yahudiylar Turkiyaga 1492-yilda surgun qilinganlar.
  2. Turklar va yahudiylarning birinchi aloqasi 1453-yilda, Istanbul fathidan keyin amalga oshirilgan.

Vizantiya imperiyasidagi yahudiylar tarixiga qaraydigan boʻlsak, yahudiylar miloddan avvalgi IV asrda Onadoʻli hududiga kirib kelganlar, Usmonlilarning beylik davridan to imperiyaning qulashiga qadar va hatto imperiyadan keyingi Turkiya Respublikasi davrida ham ushbu hududlarda istiqomat qilishgan.

Usmonlilar imperiyasining yuksalish davri XV-XVI asrlar yahudiylarning oltin davri boʻlgan[2]. Usmonlilar davlatiga ilk bosmaxonani olib kelgan yahudiylar davlat ishlarida ham faol qatnashgan va katta lavozimlarni egallashgan. XVII asrga toʻgʻri kelgan Usmonlilar imperiyasining turgʻunlik davrida Usmonli yahudiylari madaniy va iqtisodiy inqirozga yuz tutdilar[3]. XVIII asrda yuz bergan tanazzul davrida, yahudiylar Sabetay Sevi voqeasidan kelib chiqqan zarba bilan „passiv himoya psixoziga“ kirishdilar[4]. Soʻnggi davlatning qulash davrida yahudiylarning madaniy darajasi shu qadar pasayib ketgan ediki, hatto chet tilini oʻrganish biryoqda tursin hatto dindan chiqib ketayotgandek tuyuldi[5]. Ammo Usmonlilarning qaysi davrida boʻlsa boʻlsin, yahudiylar jamoasi usmonlilar tuprogʻida boshqa xristian davlatlardagilarga nisbatan ishonch va tinchlikda yashadilar[6].

1992-yilda Yahudiylarning Ispaniyadan surgun qilinganini 500 yilligiga chiqarilgan 50,000 liralik xotira tangasi.
  1. Güleryüz 2012, s. 21
  2. Güleryüz 2012, s. 47
  3. Güleryüz 2012, s. 98
  4. Güleryüz 2012, s. 121
  5. Güleryüz 2012, s. 151
  6. Güleryüz 2012, s. 172

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search